Hujjat topshirish
Buxoro davlat universiteti qo'shma dasturlariga qabul qilish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.07.2021 yildagi 421-son qarori asosida amalga oshiriladi.
Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda — hamkor oliy ta’lim tashkiloti bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan qabul qilish tartibiga muvofiq kirish imtihonlari (maksimal ballning kamida 30 %ini to'plagan abituriyent 2-bosqichga o'tkaziladi)
ikkinchi bosqichda —Davlat test markazi tomonidan ta'lim tili bo'yicha. ikkinchi bosqichda chet tili bo‘yicha kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning kamida 30 %ini to‘plagan abituriyentlar qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etadi hamda qabul parametrlaridan kelib chiqib, o‘qishga qabul qilinadi.
Buxoro davlat universiteti ilmiy kengash qaroriga asosan Vatel mehmonxona va turizm biznes maktabi bilan hamkorlikdagi qo'shma bakalavriat dasturlariga IELTS (5.0 va undan yuqori) sertifikatini taqdim etgan abituriyentlar ikkinchi bosqichdan o'qishga qabul qilinadi.
2024-2025-o‘quv yili uchun qabul kvotasi
Bakalavriat dasturlariga talab qilingan hujjatlar:
Pasport (ID)
Kollej diplom va ilovasi yoki maktab attestati va ilovasi
IELTS sertifikati (mavjud bo'lsa)
Hujjatlar elektron (PDF, JPG, PNG formatda yuklanadi)
Magistratura mutaxassisliklariga talab qilingan hujjatlar:
Pasport (ID)
Bakalavr diplomi va ilovasi
IELTS sertifikati(mavjud bo'lsa)
Hujjatlar elektron (PDF, JPG, PNG formatda yuklanadi)
Buxoro davlat universitetining qo'shma dasturlariga hujjat topshirish uchun quyidagi hujjat topshirish oynasiga o'tib barcha so'ralgan ma'lumotlarni kiriting!