Holon texnologiyalar instituti

Holon texnologiyalar instituti

Institut haqida

  • Isroilning 10-Eng yaxshi akademik institutlardan biri sanaladi;

  • 26 dan ortiq mamlakatlardan 70 dan ortiq akademik hamkorlari mavjud.


Qo'shma ta'lim dasturlari haqida ma'lumot

  • Mavjud qo'shma dasturlar:

-Informatika va axborot texnologiyalari

-Amaliy matematika va informatika

  • Dasturlar muddati: 4 yil

  • Dastur tili: Ingliz tili

  • O'qish turi: kunduzgi

Isroilning Xolon texnologiya instituti bilan hamkorlikdagi "Amaliy matematika va informatika" hamda "Informatika va axborot texnologiyalari" bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 87 (59 nafari 3-bosqich, 27 nafari 2-bosqich) nafar talaba ta’lim olmoqda.

Asosiy hujjatlar:

  • ­ Buxoro davlat universiteti va Xolon texnologiya instituti o‘rtasida 13.05.2019 yilda imzolangan hamkorlik memorandumi va talaba almashinuvi bo‘yicha kelishuv;

  • ­ Buxoro davlat universiteti va Xolon texnologiya instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlar tomonidan tasdiqlangan "Amaliy matematika va informatika" hamda "Informatika va axborot texnologiyalari" bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalari.

Dastlabki o‘quv yili to‘liq ingliz tili tayyorgarligi shaklida o‘tkaziladi, o‘quv yili oxirida Xolon texnologiya instituti vakillari ishtirokida keyingi kursga o‘tkazish imtihonlari o‘tkaziladi. 2-4 kurslar davomida ta’lim ingliz tilida, mutaxassislik fanlari bo‘yicha olib boriladi. HTIda 3 semestr davomida o‘qish talabi qo‘yilgan.


Hamkor OTM rasmiy sayti: https://www.hit.ac.il/en