Qo'shma ta'lim dasturlari

Buxoro davlat universiteti qo‘shma ta’lim dasturlari

2022-2023-o‘quv yilida Buxoro davlat universitetida 7 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda 11 ta (4 ta bakalavr, 7 ta magistratura) qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hujjatlar qabul qilinayapti. Ushbu ta’lim dasturlarining o‘ziga xosligi shundaki hamkor oliy ta’lim muassasalar dunyo reytinglarining “TOP-1000” taligida va o‘z yo‘nalishida yuqori o‘rinlarni egallaydi.

Jumladan:

· Fransiyaning Vatel mehmonxona va turizm oliy maktabi: QS reyting tizimida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha Fransiyada birinchi, jahonda Top-100 ro’yxatiga kirgan. Bundan tashqari 2022- yilda o‘tkazilgan Worldwide Hospitality Awards - tanlovida Eng yaxshi mehmondo‘stlik maktabi g‘olibi bo‘lgan;

· Rossiyaning Qozon federal universiteti: Rossiyadagi ikkinchi eng qadimgi universitet hisoblanadi va QS reytingida jahonda 392-o‘rinda Times reytingida 801-1000 o‘rinda turadi;

· Bolgariyaning Sofiya universiteti QS reytingida jahonda 591- 600 o‘rinda turadi;

· Isroilning Holon texnologiya instituti SciMago Institutions Rankings xalqaro reytingida jahonda 765-o‘rinda turadi;

· Vengriyaning Sechenyi Ishtvan universteti QS va Times reytingida jahonda 801- 1000 o‘rinda turadi;

· Rossiyaning “MMFI” milliy tadqiqot yadro universteti QS reytingida jahonda 319-o‘rinda, Times reytingida jahonda 401- 500 o‘rinda turadi va ARWU reytingida 701-800 o‘rinda turadi;

Bakalavriat ta'lim dasturlari

Informatika va axborot texnologiyalari

Davomiyligi: 4 yil

Ta'lim tili: Ingliz

Hamkor OTM: Holon texnologiyalar instituti

Amaliy matematika va informatika

Davomiyligi: 4 yil

Ta'lim tili: Ingliz

Hamkor OTM: Holon texnologiyalar instituti

Xalqaro mehmonxona boshqaruvi

Davomiyligi: 4 yil

Ta'lim tili: Ingliz

Hamkor OTM: Vatel mehonxona va turizm maktabi

Iqtisodiyot

Davomiyligi: 4 yil

Ta'lim tili: Rus

Hamkor OTM: Qozon federal universiteti

Magistratura dasturlari

Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili)

Davomiyligi: 2 yil

Ta'lim tili: Ingliz

Hamkor OTM: Sofiya universiteti

Iqtisodiyot

Davomiyligi: 2 yil

Ta'lim tili: Rus

Hamkor OTM: Qozon federal univeriteti

Raqamli turizm

Davomiyligi: 2 yil

Ta'lim tili: Ingliz

Hamkor OTM: Gunadarma universiteti

Inson resurslarini boshqarish

Davomiyligi: 2 yil

Ta'lim tili: Rus

Hamkor OTM: Qozon federal univeriteti

Iqtisodiy xavfsizlik

Davomiyligi: 2 yil

Ta'lim tili: Rus

Hamkor OTM: "MMFI" milliy tadqiqot yadro universiteti

Tilshunoslik (Rus tili)

Davomiyligi: 2 yil

Ta'lim tili: Rus

Hamkor OTM: Qozon federal univeriteti

Xalqaro iqtisodiyot va biznes

Davomiyligi: 2 yil

Ta'lim tili: Ingliz

Hamkor OTM: Sechenyi ishtvan universiteti

Amaliy matematika

Davomiyligi: 2 yil

Ta'lim tili: Rus

Hamkor OTM: Moskva davlat universiteti

Psixologiya

Davomiyligi: 2 yil

Ta'lim tili: Rus

Hamkor OTM: Moskva davlat universiteti