Vatel mehmonxonasi va turizm biznes maktabi

Vatel mehmonxonasi va turizm biznes maktabi

Dunyo bo'ylab 31 mamlakatda 55 ta kampusi shuningdek 39 000 bitiruvchisi va 9 000 talabasi mavjud bo'lib Vatel mehmonxona xo'jaligi va turizmni boshqarish bo'yicha dunyodagi yetakchi biznes maktablaridan biri hisoblanadi.

Vatelning tajribasi ushbu sohadagi professionallar tomonidan xalqaro miqyosda tan olingan. Vatel 42 ta nufuzli xalqaro maktablar bilan bellashib, 17-Umumjahon mehmondoʻstlik mukofotlarida “Eng yaxshi mehmondoʻstlikni boshqarish maktabi” sovrinini qoʻlga kiritdi.

Dunyo bo'ylab Vatel maktablarida o'qiyotgan barcha 9000 talaba nazariya va kasbiy tajribalarni egallabgina qolmay yagona tizimli o'qitish asosida bir xil ta'lim oladi, bu ularga mehnat bozorida barcha tengdoshlari bilan raqobatga kirishish imkoniyatini beradi va ularni xalqaro muhitda karyeralarini qurish imkoniyatini yaratadi.

Rasmiy veb-sayt: www.vatel.com


Fransiyaning VATEL biznes maktabi bilan hamkorlikda “Menejment (Xalqaro mehmonxona boshqaruvi)” bakalavriat dasturi:

Muhim sanalar:

  • 2019-yil 3-iyulda Buxoro davlat universiteti va VATEL biznes maktabi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi;

  • 2019-yil 3-iyulda VATEL Business School franshiza shartnomasi;

  • Buxoro viloyati hokimining 2019-yil 19-iyuldagi 389-sonli Qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarori;

  • 2019-yil 29-iyun kuni Buxoro davlat universiteti va VATEL biznes maktabi hamkorligida tasdiqlangan o‘quv dasturi.

1-kurs ingliz tilidan toʻliq tayyorgarlik koʻrish shaklida oʻtkaziladi va oʻquv yili oxirida biznes maktab vakillari ishtirokida keyingi kursga koʻchirish imtihonlari oʻtkaziladi. 2-4 kurslarda darslar ingliz tilida olib boriladi.

Dastur haqida ma'lumot:

  • BuxDU bilan hamkorlikda mavjud dasturlar: Xalqaro mehmonxona boshqaruvi (bakalavr)

  • Dastur muddati: 4 yil

  • Dastur tili: Ingliz tili

  • O'qish turi: Kunduzgi

Vatel mehmondo'stlik sanoati bo'yicha 2021 yilda QS dunyo universitetlarini baholash reyting tizimida Fransiyada birinchi o'rini egallagan

Vatelning dunyo bo'ylab filiallari