Xorijiy hamkor oliy ta'lim muassasalari

Buxoro davlat universitetida 6 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda 12 ta (4 ta bakalavr, 8 ta magistratura) ta’lim dasturlarida 300 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. Ushbu ta’lim dasturlarining o‘ziga xosligi shundaki hamkor oliy ta’lim muassasalar dunyo reytinglarining “TOP-1000”taligida va o’z yo‘nalishida yuqori o‘rinlarni egallaydi.

Jumladan:

· Fransiyaning Vatel mehmonxona va turizm oliy maktabi: QS reyting tizimida o’z yo’nalishi bo’yicha Fransiyada birinchi, jahonda Top-100 ro’yxatiga kirgan. Bundan tashqari 2022 yilda o’tkazilgan Worldwide Hospitality Awards - tanlovida Eng yaxshi mehmondo’stlik maktabi g’olibi bo’lgan.

· Rossiyaning Qozon federal universiteti: Rossiyadagi ikkinchi eng qadimgi universitet hisoblanadi va QS reytingida jahonda 392-o‘rinda Times reytingida 801-1000 o'rinda turadi.

· Bolgariyaning Sofiya universiteti QS reytingida jahonda 591- 600 o‘rinda turadi.

· Isroilning Holon texnologiya instituti SciMago Institutions Rankings xalqaro reytingida jahonda 765-o‘rinda turadi.

Ushbu dasturlarda tahsil oluvchi talabalarga hamkor OTM professor-o‘qituvchilari tomonidan darslar berib boriladi. Bundan tashqari talabalarga Hamkor OTMga borib o’qish va amaliyotlar o’tashi uchun imkoniyatlar yaratilgan.

Qo’shma dastur talabalari uchun universitet bosh binosidan alohida qavat ajratilib o’quv xonalari zamonaviy komputer va minbarlar bilan jihozlangan. Darslarga davriy ravishda xorijiy o’qituvchilar taklif qilinadi va ular tomonidan master klasslar o’tiladi. Bir so’z bilan aytganda universitetimiz qo’shma dasturlariga jahonning eng ko’zga ko’ringan universitetlari bilimi va standartlarini jamlaganmiz. Bitiruvchilarimiz nufuzli kompaniyalarda ishlash imkoniyatlari mavjud.

Hamkor oliy ta'lim muassasalar bilan yaqindan tanishing!

Holon texnologiyalar instituti

Vatel mehmonxona va turizm biznes maktabi

Qozon federal universiteti

Sofiya universiteti

Gunadarma universiteti

Moskva davlat universiteti