BuxDU qo'shma ta'lim dasturlari bilan yorqin kelajak sari!!! 

Nega BuxDU qo'shma dasturlarini tanlashingiz kerak?


Jahon darajasidagi ta'lim

Zamonaviy infratuzilma

Xalqaro tajriba

Yetakchi mutaxassisliklar

Butun dunyo bo'ylab ishlash imkoniyatlari

Eng yaxshi ish joylarida stajirovka

Chet ellik professorlar

Xalqaro tan olingan diplomlar

Talaba_bo'lishga_shoshiling_19_online_video_cutter_com.mp4

Buxoro davlat universiteti qo'shma ta'lim dasturlari talabalari dunyo kezmoqda

Norova Madina (BuxDU - Vatel talabasi

Fransiya, Nitsa shahri 23.07.2022

Men yozgi ta'tilda ikki oy muddatda Vatel dasturi orqali amaliyot o'tash uchun Fransiyaga tashrif buyurdim. Amaliyotning faqatgina 18 kuni o'tganiga qaramay taasurotlarim bir dunyo. Amaliyot davrida menga biriktirilgan ustozlardan sohaga tegishli ko'p tajribalar o'rgandim. Bundan tashqari dam olish kunlarimda Fransiyaning boy tarixga ega shaharlari: Nimes, Lyon, Parijga sayohat qildim. 

Yakubov Oybek (BuxDU - Vatel talabasi) 

Fransiya, Nimes shahri 20.07.2022

Menimcha bu yilgi yozgi ta'til mening hayotimdagi eng esda qolarlisi bo'ladi. Fransiyaga tashrifim davomida ko'p hayotiy tajribalar ortirdim sohamga tegishli bir qator amaliy ko'nikmalarni egallayapman. Shu bilan birga Tunis, Hindiston, Rossiya va yevropaning qator mamlakatlaridan tashrif buyurgan tengdoshlarim bilan fikr almashish va ular bilan do'stlashish imkoniyatiga ega bo'ldim. 


Xalimov G'ayrat (BuxDU - Vatel talabasi)  

Fransiya, Nitsa shahri 23.07.2022

Mehmondo'stlik sohasida tahsil olish meni tubdan o'zgartirdi desam mubolag'a bo'lmaydi. Yevropaga tashrifim davomida yangi bilim va ko'nikmalarni o'rganish orqali  hayotimga boshqa maqsadlar qo'ya boshladim. Kelgusida bakalavr dasturini yakunlagach magistratura bosqichini davom etiraman va mehmondo'stlik sanoatida karyeramni yanada rivojlantirish niyatidaman. 

Bakhtiyor Sharipov (BuxDU- HIT talabasi) 

Germaniya,  15.07.2022

Dunyo bo'ylab sayohat qilish mening yoshlikdan butun umirlik orzuyim edi. Men bu orzuga yetishga yana bir qadam yaqinlashdim. Chunki qisqa davrda yevropaning turli shaharlariga tashrif buyurishga ulgurdim. Ushbu sayohatlarim davomida ko'p odamlar bilan suhbatlashdim. Ularning madaniyati bilan yaqindan tanishdim. 

G'aybullayev Shaxzod (BuxDU - Vatel talabasi) 

Fransiya, 2022-yil

Buxoro davlat universiteti va Fransiyaning Vatel mehmonxona va turizm biznes maktabi bilan hamkorlikdagi qo'shma dasturda tahsil olish menga ko'p imkoniyatlar yaratib berdi. Men dasturning uchinchi bosqichida amaliyot o'tash maqsadida Fransiyaga tashrif buyurdim va ikki oy davomida xalqaro muhitda o'qib o'rgandim, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan talabalr bilan do'stlashdim.

Tulayeva Khamida (BuxDU - Gunadarma bitiruvchisi) 

Indonesiya, Bali orollari 2019-yil

Buxoro davlat universiteti va Indonesiyaning Gunadarma universiteti bilan hamkorlikdagi qo'shma magistratura dasturida tahsil olish menga bugungi raqobatga to'la ishchi bozorida kuchli karyera bilan kirish imkoniyatini berdi. Bundan tashqari Indonesiyada tahsil olish davomida ko'p do'slar ortirdim, tajribalar o'rgandim.

To'xtayev Umid (BuxDU - Gunadarma bitiruvchisi) 

Indonesiya, Bali orollari 2019-yil

Indoneziyada o’qish jarayonida yangi texnologik va innovatsion jihozlangan xonalarda amaliyot o’tadim. Bu menga katta tajriba maktabi bo’ldi.Indonez xalqi o’zining xushmuomalasi va madaniyati jihatidan menda katta ta’ssurot qoldirdi. Shuningdek, Indoneziyaning Depok shaxrida yashash va indoneziyalik talabalar bilan birgalikda ma’ruza va seminarlarda, yangi loyihalarda birga tahsil olish baxtiga muyassar bo’ldim. 

Atoyeva Maxliyo (BuxDU - Gunadarma bitiruvchisi) 

Indonesiya, Jakarta 2019-yil

O'qish davomida Indoneziyadagi eng qadimiy Qur’on kitobi nusxasini ko’rish baxti bizga nasib etdi. Barcha o’zbekistonlik talabalar kabi men ham bir olam ta’assurotlar bilan buxoroga qaytdim. Gunadarma Universiteti ma’muriyati  Jakartaning Taman mini indah bog’iga sahoyat tashkil qilib berdi. Buning uchun Gunadarma Universiteti va Buxoro davlat universiteti professor ustozlariga o’z tashakkurimni bildiraman. 


Shoyimov Adiz (BuxDU - Gunadarma bitiruvchisi)

Indonesiya, Bali orollari 2019-yil

BuxDU qo'shma dasturlariga o'qish mening hayotimni tubdan o'zgartirib yubordi. Indoneziyada o'qishim mobaynida ko'p tajribalar to'pladim, hayotga yangicha nigoh bilan qarashni o'rgandim.  Indoneziyalik kursdoshlarimiz bilan bir xil proektlarda ishlash orqali xalqaro muhitda jamoada ishlash qobilyatlarini egalladim.


BuxDU qo'shma ta'lim dasturlari ijtimoiy tarmoqlarda

LinkFacebookInstagramYouTube